locale OZ

Oʻzbekiston MOQda sport sohasiga xususiy sektorni keng jalb etish masalalari muhokama qilindi

Tadbirda sport sohasini barqaror rivojlantirish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanishda xususiy sektorni jalb etish va boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston MOQda sport sohasiga xususiy sektorni keng jalb etish masalalari muhokama qilindi
photo: MOQ

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida Iqtisodiyot va moliya hamda Sport vazirliklari, shuningdek, MOQ, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbar va mutasaddilari ishtirokida sport sohasiga xususiy sektorni keng jalb etish, zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish va raqobat muhitini shakllantirish kabi masalalarga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda sport sohasini barqaror rivojlantirish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanishda xususiy sektorni jalb etish, homiylik koʻmaklarini koʻrsatish tashabbusida boʻlgan tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda ularga turli imtiyozlar berish, tashabbuskor tadbirkorlarni sport federatsiyalarning ijroqoʻm aʼzoliga saylash kabi dolzarb yoʻnalishlar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida 2026-yilda federatsiya va assotsiatsiyalar faoliyatini, shuningdek, milliy terma jamoalarimizni moliyalashtirish bilan bogʻliq masalalar ham atroflicha koʻrib chiqildi. Tomonlar sportchilarning tayyorgarlik jarayonini yanada takomillashtirish, xalqaro musobaqalarga puxta hozirlik koʻrish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhimligini taʼkidladilar.

Yakunda sport sohasiga xususiy sektorni keng jalb etish orqali zamonaviy menejment va raqobat muhitini shakllantirish hamda sport sohasiga ajratiladigan mablagʻlarning manzilli va shaffof yoʻnaltirilishini taʼminlash, vazirlik va idoralar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting