locale OZ

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun tunda Jakartaga uchib ketadi

Turnirga 14 nafar o‘yinchi jalb etilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun tunda Jakartaga uchib ketadi
Фото: Ўзбекистон футзали

Osiyo Kubogi-2026 musobaqasi final bosqichi bahslarida ishtirok etish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun tunda Jakarta shahriga uchib ketadi.

Indoneziya mamlakati poytaxtida bo'lib o‘tadigan bahslarini terma jamoamiz “C” guruhida to'rt karra Osiyo chempioni — Yaponiya, shuningdek, yon qo'shnilarimiz — Tojikiston va yashil qit`a vakillari — Avstraliya terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi. Qit`a chempionati bahslari 2026-yilning 27-yanvar – 6 fevral sanalarida Indoneziya poytaxtidagi "Jakarta Arena" (sig'imi 16500 tomoshabin) va "Jakarta xalqaro volodromi" (sig'imi 8500 tomoshabin) sport majmualarida bo'lib o'tadi.

Osiyo kubogi-2026 saralash musobaqasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga “Oil Star” (4 nafar), "Nasaf" (3 nafar), BMB (2 nafar), OKMK (2 nafar), SQB (2 nafar), “Lokomotiv” (1 nafar) jamoalaridan jami 14 nafar o‘yinchi jalb etilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting