locale OZ

O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasi Osiyo kubogida 7SABER liboslarida ishtirok etadi

Delegatsiya hamkor brend — 7SABER tomonidan to‘liq sport liboslari bilan ta’minlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasi Osiyo kubogida 7SABER liboslarida ishtirok etadi
Фото: Ўзбекистон футзали

2025-yilning 30-sentabr kuni O‘zbekiston futzal federatsiyasi va 7SABER sport brendi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida rasmiy shartnoma imzolangan edi. Mazkur kelishuv mamlakatimiz futzalini rivojlantirish, sport infratuzilmasini mustahkamlash hamda milliy terma jamoalarni zamonaviy sport ekipirovkalari bilan ta’minlashga qaratilgan.

Shartnomaga ko'ra 7SABER futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy liga musobaqalarining rasmiy homiysi sifatida faoliyat yurib kelmoqda. Shuningdek, joriy yilning 27-yanvaridan 7-fevraliga qadar o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatidan boshlab O‘zbekiston milliy hamda o‘smirlar futzal terma jamoalarini yuqori sifatli va zamonaviy sport kiyimlari bilan ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, kecha Jakartaga jo‘nab ketgan O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasi delegatsiyasi hamkor brend — 7SABER tomonidan to‘liq sport liboslari bilan ta’minlandi. Jumladan, Osiyo kubogi–2026 final bosqichi uchrashuvlarida terma jamoamiz 7SABER brendiga tegishli oq va ko‘k rangli liboslarda maydonga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting