O‘zbekiston merganlari xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi
Musobaqada jami 54 ta merganlar jamoasi qatnashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: gettyimages
8-15 sentyabr kunlari Koreya armiyasi Maxsus operatsiya kuchlari qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan "II Xalqaro merganlar musobaqasi"da 10 ta davlatdan jami 54 ta merganlar jamoasi qatnashdi.
O‘zbekiston jamoasi xorijiy davlatlar (O‘zbekiston, AQSH, Germaniya, Ruminiya, BAA, Qatar, Vetnam, Tailand, Moʻgʻuliston)ning 16 ta merganlar jamoasi orasida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
I o‘rin: O‘zbekiston - 539.5 ball
II o‘rin: Vetnam - 534.7 ball
III o‘rin: AQSH - 519.0 ball.
Ibrohim Jalolov
Redaktor