locale OZ

Oʻzbekiston kubogi regbi-7 U-15 Bulokboshida start oladi

Musobaqada 10 ta oʻsmirlar jamoasi va 8 ta ayollar jamoasi quyidagi hududlardan ishtirok etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston kubogi regbi-7 U-15 Bulokboshida start oladi
photo: regbi Uzbekistan

6–7 oktyabr kunlari Bulokboshi tumanidagi sport maktabi bazasida 15 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar va ayollar jamoalari oʻrtasida regbi-7 bo‘yicha Oʻzbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada 10 ta oʻsmirlar jamoasi va 8 ta ayollar jamoasi quyidagi hududlardan ishtirok etadi:

Fargʻona, Sirdaryo, Andijon, Toshkent, Navoiy, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyati, Qoraqalpogʻiston va Xorazm.

Manzil: Bulokboshi tumani sport maktabi
Sana: 6–7 oktyabr
Birinchi oʻyin kunining boshlanish vaqti: 09:00

Musobaqalar yoshlar va ayollar oʻrtasida regbi-7 sport turining hududlarda rivojlanishida muhim bosqich boʻlib, mamlakatning eng kuchli jamoalarini birlashtiradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting