locale OZ

O‘zbekiston konkurchilari Yevroosiyo ligasida mukofotli o‘rinlarni egallashdi

Alimjonovga oltin va bronza, Musayevga kumush, Erkinovga ikkinchi o‘rin
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Moskva viloyatida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Yevroosiyo ligasi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

110 sm balandlikdagi to‘siqlarni yengib o‘tish bo‘yicha bahslarda Xurshidbek Alimjonov eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, u yana bir bahsda bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Mirzohid Musayev shu yo‘nalishda kumush medalga sazovor bo‘ldi.

125 sm to‘siqlar bilan bo‘lgan musobaqada esa Alisherjon Erkinov ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston ot sporti vakillarining xalqaro arenalardagi muvaffaqiyatlari soni tobora ortib bormoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting