O'zbekiston gimnastikachilari Badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bosqichida 10 ta medal qo'lga kiritdi
Toshkentda badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi yakunlandi. O'zbekiston terma jamoasi musobaqada 10 ta medal — 2 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Medallar taqsimoti quyidagicha:
Oltin:
Taxmina Ikromova (halqa);
O'zbekiston terma jamoasi (guruh mashqlari).
Kumush:
Anastasiya Sarantseva (halqa);
Anastasiya Sarantseva (buvalar);
Taxmina Ikromova (to'p);
Taxmina Ikromova (lenta);
O'zbekiston terma jamoasi (guruh mashq — 3 ta to'p va 2 ta halqa).
Bronza:
Anastasiya Sarantseva (to'p);
Taxmina Ikromova (buvalar);
O'zbekiston terma jamoasi (guruh mashqlari).
Avvalroq Taxmina Ikromova halqa bilan chiqishda olimpiya chempionini ortida qoldirib, oltin medalni qo'lga kiritgan edi. Shuningdek, terma jamoa guruh mashqlarida kumush medalga ega chiqdi. Bu natijalar orqali O'zbekiston terma jamoasi o'z maydonidagi bosqichni yuqori ko'rsatkichlar bilan yakunladi.