locale OZ

O‘zbekiston futzal milliy jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi
Photo: O‘zbekiston futzali

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a'zolari navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini uchun Toshkentdagi «Velara» mehmonxonasida jam bo‘lishdi. Kunning ikkinchi yarmida Nodir Eliboyev boshchiligidagi murabbiylar shtabi futzalchilar bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida ilk mashg‘ulotni o‘tkazishdi.

Bu galgi yig‘in 26 iyul sanasigacha davom etadi. Murabbiylar shtabi yig‘inga quyidagi futzalchilarni jalb etgan:

Darvozabonlar – Abbos Elmuorodov, Abbos Olmasbekov (har ikkisi BMBdan), Shavkat Ibragimov («Oil Star»).

Himoyachilar – Ilhomjon Hamroev, Mehroj Yunusov («Oil Star»), Mashrab Odilov, Shahzod Sa’diev (BMB).

Qanot hujumchilari – Orzujon Asqarov, Samariddin Berkinov, Elbek To‘lqinov («Oil Star»), Abror Ahmedzyanov (OKMK), Eldor Nighmatov («Lokomotiv»), Doniyor Saidaҳmedov (SQB), Muhammadali Husamboyev (BMB), Abdurahmon To‘xtayev («Paxtakor»).

Hujumchilar – Muazzafar Ahadjonov, Davlat Ibragimov (BMB), Fazliddin Botirov (OKMK), Timur Salimov («Oil Star»).

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting