O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
Bu haqda O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasi xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasi
Osiyo chempionati yakunlariga ko‘ra bir qator nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi sportchilar va jamoalar aniqlandi. Musobaqa yakunida umumjamoa hisobida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 1 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
Umumjamoa hisobidagi uchinchi o‘rin uchun berilgan kubokni O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi murabbiyi Jurabek Zairov qabul qilib oldi.
Musobaqada ikkinchi o‘rin Shimoliy Koreya terma jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, birinchi o‘rinni Xitoy erkaklar terma jamoasi qo‘lga kiritdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist