Oʻzbekiston Drift Ochiq Chempionati 2025 g'oliblar ma'lum
21–23-mart kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston Milliy Avtomobil va Mototsikl Federatsiyasi (NAFKU) tomonidan 2025-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq Drift Chempionatining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi. Musobaqada mamlakatning eng yaxshi driftchi ishtirok etib, ular trekda oʻz mahoratlarini namoyish etdi va turli nominatsiyalarda gʻalaba uchun kurashdi.
1-bosqich Ochiq Chempionat nominatsiyalari gʻoliblari:
- «Kunning eng shiddatli toʻqnashuvi» — Bulatov Emil
- «Gʻalabaga boʻlgan iroda» — Shoyunusov Aziz
- «Eng koʻp tutun chiqargan haydovchi» — Egamberdiyev Nuriddin
- Saralash bosqichi gʻolibi — Gayrat Yusupov
Milliy hisobdagi gʻoliblar:
1. Artem Pryamushko
2. Asadboy Nazarov
3. Farrux Urunov
Absolyut hisobdagi gʻoliblar:
1. Qalibek Asqarov
2. Gayrat Yusupov
3. Vladimir Komissarov
Chempionatning birinchi bosqichi keyingi musobaqalarga tayyorgarlikda muhim qadam boʻldi va mamlakatning eng kuchli driftchilarini aniqlashga imkon berdi. Barcha ishtirokchilar yuqori darajadagi mahorat koʻrsatdi, tomoshabinlar esa hayajonli va ajoyib poygalardan zavqlanishdi.