O‘zbekiston delegatsiyasi “III Yoshlar Osiyo o‘yinlari”ga yo‘l oldi
Musobaqa Bahrayn poytaxtida bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
2025-yil 22–31-oktabr kunlari Bahrayn davlati, Manama shahrida bo‘lib o‘tadigan “III Yoshlar Osiyo o‘yinlari”da O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi voleybol va gandbolchi yoshlarimiz bugun delegatsiya tarkibida jo‘nab ketishdi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Yosh sportchilarimiz turli sport turlari bo‘yicha Osiyoning eng kuchli raqiblari bilan bahs olib borishadi. Musobaqada ularning maqsadi — nafaqat medallarni qo‘lga kiritish, balki O‘zbekiston bayrog‘ini g‘urur bilan baland ko‘tarishdir”, - deyiladi xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist