Oʻzbekiston delegatsiyasi Butunjahon sport oʻyinlarida 11 ta medalni qoʻlga kiritdi
Chengdu-2025: Sambo, ushu va kikboksingda zafarli natija
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
7–17-avgust kunlari Xitoyning Chengdu shahrida Butunjahon sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi musobaqada 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medal jamgʻarib, jami 11 ta medallik natija bilan 118 davlat ichida 26-oʻrinni egalladi. Asosan noolimpiya sport turlari boʻyicha oʻtkazilgan mazkur musobaqada hamyurtlarimiz sambo, ushu va kikboksing yoʻnalishlarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar.
Bakradze Iman
Redaktor