O‘zbekiston chim ustida xokkey bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda
Musobaqa jadvalidan o‘rin olgan bugungi bahslarda yurtdoshlarimiz g‘alaba uchun bellashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Olimpiya shaharchasida sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqa jadvalidan o‘rin olgan bugungi bahslarda yurtdoshlarimiz g‘alaba uchun bellashdi.
Dastlab, Qozog‘iston ayollar jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazgan sportchilarimiz 3-0 hisobida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Gongkong (Xitoy) erkaklar jamoasiga qarshi maydonga tushgan yigitlarimiz 3-2 hisobida yurtimiz hisobiga yana bir g‘alabani yozib qo‘yishdi.
17-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan final bahslarida ayollar jamoamiz Indoneziya jamoasiga qarshi maydonga tushsa, yigitlarimiz Qozog‘iston jamoasi bilan bellashadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist