locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

O‘zbekiston Basketbol Federatsiyasi Bosh kotibining Mog'uliston Elchixonasiga tashrifi

Boshqa sport turlari 07 iyn 2025 da 16:43
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
 O‘zbekiston Basketbol Federatsiyasi Bosh kotibining Mog'uliston  Elchixonasiga tashrifi
PHOTO: Telegram

Toshkent, 2025-yil 6-iyun
Sport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida O‘zbekiston Basketbol Federatsiyasi (O'BF) Bosh kotibi Miradilov B.M. Mog'uliston Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Daadanxuu Batbaatarning taklifiga binoan O‘zbekistondagi Mongoliya Elchixonasiga tashrif buyurdi.

Tashrifning maqsadi — ikki mamlakat o‘rtasidagi sport, xususan basketbol sohasidagi do‘stona va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Iliq va konstruktiv uchrashuv davomida tomonlar mavjud yutuqlar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

O"BF Bosh kotibi Miradilov B.M. Mog'ulistonning o‘zbek basketbolini rivojlantirishdagi har tomonlama qo‘llab-quvvatlovi va qiziqishiga minnatdorchilik bildirib, sportchilarga ko‘rsatilayotgan yordam va sport turining ommalashuviga qo‘shilayotgan hissani alohida ta’kidladi.

Janob elchi Daadanxuu Batbaatar ta’kidladi:
“Bayramingiz — bu bizning ham bayramimiz, g‘alabangiz — bu bizning ham g‘alabamiz. Kunimizni shunday quvonchli xabarlar bilan boshlayotganimizdan mamnunmiz, bu xabarlar, ishonchim komil, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti janob Sh.M. Mirziyoyevni ham xursand qiladi. U kishi o‘zlari ta’kidlaganidek, Parijdagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlaridagi g‘alabalarimiz xalqimiz uchun faxr manbaiga aylandi.”

Alohida tarzda O‘zbekiston U16 qizlar terma jamoasining 2025-yilgi FIBA U16 Asia Cup CABA xalqaro saralash turniridagi g‘alabasi ham xalaqaro basketbol olamida muhim ko'rastkich sifatida qayd etildi.

Elchi, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 2025-yil sentabr oyida Malayziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlaridagi kelgusi muvaffaqiyatlariga umid bildirdi hamda mamlakatlar o‘rtasidagi sport muloqotini kengaytirishga qiziqishini tasdiqladi.

Tashrif doirasida Bosh kotib shuni ma’lum qildiki, hozirda O‘zbekistonning U17 basketbol 3x3 bo‘yicha yoshlar terma jamoalari Minsk shahrida bo‘lib, “Palova” milliy ligasi xalqaro musobaqalarida ishtirok etmoqda.

Janob Daadanxuu Batbaatarga o‘zbek basketbolini rivojlantirishdagi qo‘llab-quvvatlovi va hissasi uchun O‘zbekiston Basketbol Federatsiyasi nomidan minnatdorchilik xati topshirildi.

Shuningdek, quyidagilar mukofotlandi:

Tamir Sugarsuren, Mog'uliston Elchixonasining Birinchi kotibi — sport aloqalarini yo‘lga qo‘yishdagi tashabbusi uchun.

Go.Bozor kompaniyasi rahbari — O‘zbekiston terma jamoasini saralash o‘yinlarida qo‘llab-quvvatlagani va basketbolchilar uchun innovatsion libos ishlab chiqishda hamkorlik qilgani, bu esa jamoaning muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlagani uchun.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yangi yo‘nalishlarda kengaytirishga ishonch bildirdilar.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting