locale OZ

O‘zbekiston 2026 yilgi Qishki Olimpiadada — ikki yo‘llanma bilan

Litsenzion imkoniyatdan foydalanilmadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: championat.com

2026 yilda Italiyaning Milan va Kortina d’Ampezzo shaharlarida bo‘lib o‘tadigan Qishki Olimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston delegatsiyasi hozircha ikki yo‘llanmaga ega. Ulardan biri — figurali uchish juftlik yo‘nalishida, ikkinchisi esa tog‘ chang‘i sporti bo‘yicha qo‘lga kiritilgan.

Figurali uchuvchilarimiz Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigiryov Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali mamlakatimizga ilk yo‘llanmani taqdim etgan edi. Shu sababli MOQga ushbu yo‘nalishda yana bir litsenzion imkoniyat berilgandi.

Biroq Xitoyning Pekin shahrida o‘tkaziladigan litsenzion musobaqa ishtirokchilari ro‘yxatida o‘zbek sportchilari yo‘q. Demak, MOQ qo‘shimcha kvota imkoniyatidan foydalanmagan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting