O'zbek og'ir atletikachilari Osiyo chempionatida katta tarkibda ishtirok etadi
Ostonada start olgan musobaqada 32 nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib boradi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
4 iyul kuni Qozog'istonning Ostona shahrida o'smirlar va yoshlar o'rtasida og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati boshlandi. 10 iyulgacha davom etadigan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkibda qatnashmoqda.
O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasi xabariga ko'ra, qit'a chempionatida yurtdoshlarimiz sharafini 32 nafar sportchi himoya qiladi.
Dasturga ko'ra, hamyurtlarimiz ertangi kundan bahslarga kirishadi. Ular medallar uchun jiddiy kurash olib borishadi.
Bakradze Iman
Redaktor