locale OZ

Ozarbayjonda MDH davlatlari jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Majlisda o‘tkazilayotgan musobaqalar, seminar va uchrashuvlar haqida ma’lumot berildi,
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ozarbayjonda MDH davlatlari jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Фото: Спорт вазирлиги

Ozarbayjonning Ganja shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari ishtirokidagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov ham ishtirok etdi.

Ozarbayjon yoshlar va sport vaziri Farid Goibov delegatsiyalarni qutlab, mamlakatda sport infratuzilmasi rivoji va yirik musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.

Majlisda o‘tkazilayotgan musobaqalar, seminar va uchrashuvlar haqida ma’lumot berildi, ishtirokchi davlatlarning hisobotlari tinglandi hamda kelgusi MDH o‘yinlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, III MDH o‘yinlari doirasida ishtirokchilar Haydar Aliyev haykali poyiga gullar qo‘yishdi va Ganjadagi diqqatga sazovor joylarni borib ko‘rishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting