Ozarbayjon Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Tashrif davomida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Para olimpiya
Bugun Ozarbayjon Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Hidoyat Abdullayev rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasida bo‘ldi.
Tashrif davomida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Hikmat Toshmatov, rais maslahatchisi Mardonbek Davronov hamda O‘zbekiston ko‘zi ojizlar sporti federatsiyasi raisi Otabek Ergashev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida har ikki tomon mamlakatlarda Paralimpiya harakatini rivojlantirish, klassifikatsiya jarayonlari, soha mutaxassislarining malaka oshirish jarayonlarini yangi darajaga olib chiqish mavzusi bo‘yicha fikr almashishdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor