OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 startiga besh kun qoldi
Musobaqa uchun qo‘yilgan asosiy maqsad va vazifalar muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov poytaxtimiz mezbonligida o‘tadigan "Katta Dubulg‘a" turniriga tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida dzyudochilarimizning tayyorgarlik jarayoni, jismoniy va ruhiy holati, shuningdek, musobaqa uchun qo‘yilgan asosiy maqsad va vazifalar muhokama qilindi.
Azizjon Kamilov terma jamoaning har bir a’zosiga katta ishonch bildirib, ularni yurtdoshlarimiz ko‘z o‘ngida o‘tkaziladigan murosasiz bellashuvlarda munosib ishtirok etishga chaqirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist