locale OZ

Otabek Umarov UFC prezidenti Dana White bilan uchrashdi

Bu haqda Milliy Olimpiya Qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Otabek Umarov UFC prezidenti Dana White bilan uchrashdi
Фото: Olympic.uz

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov AQShda dunyoning eng nufuzli aralash jang san’ati tashkiloti – UFC prezidenti Dana White bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Milliy Olimpiya Qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqot davomida sport industriyasining bugungi rivojlanish tendensiyalari, professional jangovar sport turlarini ommalashtirish hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Janob White UFC tashkilotining faoliyati, bazasi va yangi rejalariga oid batafsil ma’lumot berdi.

Tomonlar sport orqali yoshlarga sog‘lom turmush tarzini singdirish, yirik sport loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratdi.

Yurtimizda kuchli boks an’analari va jahon elitasidagi sportchilar ko‘pligi e’tirof etilgan holda, mamlakatimizda UFC tarmog‘idagi ZUFFA Boxing musobaqalarini tashkil qilish taklifi ilgari surildi. Qolaversa, so‘nggi yillarda UFC turnirlarida muntazam ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik jangchilar soni ortib borayotgani, mazkur yo‘nalishning O‘zbekistonda rivojlanib borayotgani va turnirning xalqaro darajadagi nufuzi inobatga olinib, kelgusida Toshkentda UFC bahslarini ham o‘tkazish masalasi muhokama qilindi», — deyiladi xabarda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting