Ot sporti. Toshkentda ot yoʻrttirish boʻyicha xalqaro turnirlar oʻtkazildi
Toshkentda ot sportining turli yoʻnalishlari boʻyicha nufuzli musobaqalar oʻtkazilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Ot sporti Uzbekistan
Toshkentda ot yoʻrttirish boʻyicha xalqaro turnirlar oʻtkazildi.
Toshkentda ot sportining turli yoʻnalishlari boʻyicha nufuzli musobaqalar oʻtkazilmoqda. Bugun ot yoʻrttirish boʻyicha CDI3* va CDI1* tasnifidagi xalqaro turnirlar yakunlandi.
CDI3* tasnifidagi musobaqaning katta sovrini hamyurtimiz Alina Shevsovaga nasib etdi. Sportchimiz “Zamperoni” laqabli otida Gran-pri sovriniga ega chiqdi.
Ahamiyatlisi, Shevsova CDI1* yoʻnalishida ham eng yuqori ball jamgʻarishga erishdi. Ushbu dasturda unga “Nosito De Muze” tulpori hamrohlik qildi. Shuningdek, Feruza Abdullayeva “Lider” oti bilan bronza medaliga sazovor boʻldi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor