locale OZ

Ot sporti. Toshkentda FEI Jahon kubogi saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi

Musobaqa ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) hamda ot yo‘rtirish (viyezdka) yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. Toshkentda FEI Jahon kubogi saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Toshkentda FEI Jahon kubogi saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.

23-apreldan 3-mayga qadar Toshkent shahridagi Universal Horses Stable ot sporti majmuasida Xalqaro ot sporti federatsiyasi FEI tomonidan tasdiqlangan Jahon kubogi saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqa xalqaro darajadagi musobaqa bo‘lib, unda dunyoning qariyb 20 ga yaqin davlatlaridan, jumladan Indoneziya, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va boshqa mamlakatlardan sportchilar ishtirok etadi. Musobaqada 100 dan ortiq otlar va chavandozlar qatnashishi kutilmoqda.

Musobaqa ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) hamda ot yo‘rtirish (viyezdka) yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladi.

Ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo’yicha

1-bosqich (23–26-aprel)

23-aprel (1-kun)
09:00–13:00 — veterinariya ko‘rigi (Vet Check) va qur’a tashlash

24-aprel (2-kun)
09:00 — CSI1*-W 120sm
11:30 — AEF cup 110sm
15:00 — Ochilish marosimi
16:00 — CSI1*-W 140 sm

25-aprel (3-kun)
09:00 — CSI1*-W 125sm
11:00 — CSI1*-W 145sm
14:00 — AEF cup 115sm
18:00 — GALLA DINNER

26-aprel (4-kun)
10:00 — CSI1*-W 130sm
16:00 — CSI1*-W 160sm

Ot sportining ot yo’rttirish (viyezdka) yo’nalishi bo’yicha (27–29-aprel)

27-aprel (1-kun)
11:00 — veterinariya ko‘rigi (CDI1*, CDI3*)

28-aprel (2-kun)
09:00 — qayta ko‘rik
10:30-11:00 — musobaqalar (CDI1*, CDI3*)

29-aprel (3-kun)
11:00 — musobaqa CDI1*

30-aprel (4 kun)
10:30-11:30 — musobaqalar (CDI3*-CDI1*)

Ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo’yicha

2-bosqich (30-aprel – 3-may)

30-aprel (1-kun)
14:00–18:00 — tashkiliy jarayonlar / otlarning veterinariya ko‘rigi (Vet Check)

1-may (2-kun)
10:00 — CSI1*-W 125sm
11:00 — National competition 110sm
17:00 — CSI1*-W 140sm

2-may (3-kun)
10:00 — CSI1*-W 130sm
11:30 — National competition 110sm
15:00 — CSI1*-W 145sm
17:00 — CSI1*-W 6 Barriers 145sm

3-may (4-kun)
11:00 — National competition 120sm
14:00 — CSI1*-W 130sm
17:00 — CSI1*-W 160sm
19:00 — Rider’s Party va yopilish marosimi

Barcha ot sporti ixlosmandlari va muxlislarini ushbu nufuzli musobaqani tomosha qilishga chorlab qolamiz. Barchangizni Universal Horses Stableda kutib qolamiz

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting