Ot sporti. Toshkent shahar chempionati: uch kurash sport turining ikki kurash yo’nalishi
24-mart kuni Universal Horses Stableda Toshkent shahar chempionati uch kurash sport turining ikki kurash yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Ot sporti Uzbekistan
24-mart kuni Universal Horses Stableda Toshkent shahar chempionati uch kurash sport turining ikki kurash yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida sportchilar manejda yurish va to’siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar yuqori darajadagi tayyorgarlik va otlari bilan uyg‘un ishlashlarini ko‘rsatdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar quyidagicha taqsimlandi:
Kattalar:
1-o‘rin — Dvoryanskiy Maksim (Jizel)
2-o‘rin — Yuldashev MuhammadYusuf (Yangtsi)
3-o‘rin — Yuldashev Alisher (Shef Blyu)
Bolalar:
1-o‘rin — Abdurahmonova Medina (Gudman Ji)
2-o‘rin — Sadikova Alisa (Garpus)
3-o‘rin — Abdurahmonova Medina (Artur)
Ibrohim Jalolov
Redaktor