Ot sporti. Oʻzbekiston terma jamoasi Ostonadagi musobaqada faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi!
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
2025 yil 29 maydan 1 iyungacha Qozogʻistonning Ostona shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro ot sporti musobaqasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bellashuvda Markaziy Osiyoning yetakchi jamoalari ishtirok etib, 130 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash boʻyicha jamoaviy bahslar boʻlib oʻtdi.
Qizgin va murosasiz kurashlar natijasida jamoaviy natijalar quyidagicha shakllandi:
Qozogʻiston (oltin)
Oʻzbekiston (kumush)
Qirgʻiziston (bronza)
Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu nufuzli musobaqada aʼlo darajada ishtirok etib, ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor