Ot sporti. Ot yo‘rttirish (viyezdka) yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar davom etdi
O‘zbekiston Respublikasi kubogi — ot sportining ot yo‘rttirish (viyezdka) yo‘nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasida.
9-oktyabr kuni Universal Horses Stables ot sporti majmuasida O‘zbekiston Respublikasi kubogi doirasidagi ot sportining ot yo‘rttirish (viyezdka) yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar davom etdi.
Musobaqaning ikkinchi kunida chavandozlar to‘rtta toifa bo‘yicha bahs olib bordilar. Kun yakunlariga ko‘ra, quyidagi chavandozlar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldilar:
B toifasi (Kichik sovrin):
1-o‘rin — Abdullayeva Feruza — Passaj
2-o‘rin — Chistyakova Elena — Mister Jefferson
3-o‘rin — Rakhmatullaeva Ksenia — My Quick EPS J
C toifasi (FEI Challenge Cup, murakkablashtirilgan test):
1-o‘rin — Kemalova Evdokiya — Eltino J
2-o‘rin — Abdullayeva Feruza — Lidiya
3-o‘rin — Pavliva Yana — Vardena Good J
D toifasi (Shaxsiy sovrin):
1-o‘rin — Menshchikova Irina — Asman
2-o‘rin — Ibrohimjonov Oyatillo — Yavuz Khan
3-o‘rin — Gafurova Mariya — Quadro J
E toifasi (Dastlabki A sovrini):
1-o‘rin — Rakhmatullaeva Ksenia — Delvis Hit
2-o‘rin — Litvinova Polina — Vaida
3-o‘rin — Kerse Almira Ekin — Vaida
Barcha g‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz hamda musobaqaning yakuniy kunida barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Musobaqaning uchinchi kuni 10-oktyabr, boshlanish vaqti 10:00. Barcha ot sporti ixlosmandlarini ushbu musobaqani tamosha qilishga taklif etamiz!