Ot sporti. Leyptsigda konkuri bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tdi
Yuqori raqobat ostida o‘tgan bellashuv yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rin Shveysariyalik chavandoz Stiv Gerdaga nasib etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Ot sporti Uzbekistan
2026 yilgi konkuri bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi Germaniyaning Leyptsig shahrida tashkil etildi. Musobaqaning asosiy bahsi — balandligi 160 sm bo‘lgan Gran-pri yo‘nalishida 40 ta sport juftligi ishtirok etdi. Kurs mashhur dizayner Frank Rotenberger tomonidan ishlab chiqildi, umumiy mukofot jamg‘armasi esa 205 000 yevroni tashkil qildi.
Yuqori raqobat ostida o‘tgan bellashuv yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rin Shveysariyalik chavandoz Stiv Gerdaga nasib etdi. U texnika, aniqlik va tezlik borasida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.
Tilagimiz shuki, yaqin yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham xalqaro maydonlarda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etib, top-3 o‘rinlardan joy olishini tilab qolamiz.
Ibrohim Jalolov
Redaktor