Ot sporti. Jahon kubogi saralash bosqichi musobaqasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorat maktabida joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Jahon kubogi saralash bosqichi musobaqasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida musobaqani tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha muhim masalalar muhokama qilindi. Xususan, tashkiliy jarayonlar, infratuzilma, ishtirokchilar uchun yaratiladigan sharoitlar, homiylik masalalari hamda musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Yig‘ilish Jahon kubogi bosqichini Toshkent shahrida xalqaro talablarga to‘liq mos holda o‘tkazishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.