Ostonada Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining VIII Bosh assambleyasi yakunlandi
Dubay-2024, Los-Anjeles-2028 va Doha-2030 rejalari muhokama qilindi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Qozog‘istonning Ostona shahrida Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining (APC) VIII Bosh assambleyasi o‘z ishini yakunladi. Tadbirning so‘nggi kunida shu yil dekabr oyida Dubayda (BAA) bo‘lib o‘tadigan Yoshlar Parosiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, 2028 yilda Los-Anjeles shahrida o‘tkaziladigan Yozgi Paralimpiada va 2030 yilda Dohada tashkil etiladigan Yozgi Parosiyo o‘yinlari haqida ham ma’lumot taqdim etildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi ishchi guruhi IBSA rahbariyati hamda xalqaro para engil atletika federatsiyalari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Bakradze Iman
Redaktor