O‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi
Namangan shahri mezbonlik qilgan va kuchli raqobat muhitida o‘tgan mamlakat birinchiligida poytaxtlik dzyudochilar umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi.
Uch kunlik bellashuvlar yakunida Toshkent shahri terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Poytaxtlik dzyudochilar faqatgina kumush medallar nisbatiga ko‘ra birinchi bo‘lishdi. Kuchli uchlikdan joy olgan Surxondaryo va Toshkent viloyati terma jamoalari hisobida ham poytaxtliklar singari 3 tadan oltin medal bo‘ldi.
Umuman olganda, 14 ta hududiy terma jamoalardan 13 tasi O‘zbekiston chempionatida kamida bitta medalga ega bo‘ldi. Bu ham mamlakat chempionati bellashuvlarining murosasiz kurashlar ostida kechganini ko‘rsatmoqda.
Uchinchi kun g‘olib va sovrindorlari:
-66 kg vazn toifasi (54 ishtirokchi)
1. Afzal Inoyatov (Toshkent viloyati)
2. Mardonek Rahmonnazarov (Toshkent viloyati)
3. Kamol Jamolov (Buxoro)
3. Bobirshoh Ashurov (Buxoro)
-73 kg vazn toifasi (46 ishtirokchi)
1. Chingiz Salimov (Samarqand)
2. Po‘lat Egamberdiyev (Toshkent shahri)
3. Obid Rahmatullayev (Navoiy)
3. Yahyobek Norsafarov (Toshkent shahri)
+73 kg vazn toifasi (54 ishtirokchi)
1. Lazizbek Amirullayev (Toshkent shahri)
2. Firdavs Bahriddinov (Samarqand)
3. Muhammadali Mahmudov (Xorazm)
3. Doston Akbarov (Toshkent shahri)
Qizlar
-57 kg vazn toifasi (34 ishtirokchi)
1. Nilufar Shuhratova (Navoiy)
2. Nozima Bobomurotova (Surxondaryo)
3. Shaxina Avezova (Xorazm)
3. Sarvinoz Oltiboyeva (Qashqadaryo)
-63 kg vazn toifasi (29 ishtirokchi)
1. Mohirabonu Ro‘zimurodova (Qashqadaryo)
2. Xafiza Madaminova (Toshkent shahri)
3. Mushtariy Abdisaidova (Qashqadaryo)
3. Sevinch Abdinasimova (Qashqadaryo)
+63 kg vazn toifasi (34 ishtirokchi)
1. Hulkar Baxtiyorova (Xorazm)
2. Mehriniso Sharifboyeva (Xorazm)
3. Niginabonu Ahmadova (Qashqadaryo)
3. Aziza Ahmadaliyeva (Toshkent shahri)