locale OZ

Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

Qoʻshma loyihalar va istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha kelishib oldilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi
Фото: ParalympicUz

Kunning ikkinchi qismida Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati vakillari va Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Majid Rashid, shuningdek, tashkilot ijrochi direktori Tariq Sueiy bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida janob Majid Rashid Oʻzbekiston delegatsiyasining Dubay–2025 yoshlar Para Osiyo oʻyinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini alohida eʼtirof etib, mamlakatimizda sport, shu jumladan, Paralimpiya harakatini yanda rivojlantirish yo'lida olib borilayotgan tizimli islohotlarni ta'kidlab o'tdi.

Muloqot so'ngida har ikki tomon oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, qoʻshma loyihalar va istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha kelishib oldilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting