locale OZ

Osiyo oʻyinlariga tayyorlanayotgan sportchilarimiz bilan profilaktik seminarlar oʻtkazilmoqda

Bu haqda Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo oʻyinlariga tayyorlanayotgan sportchilarimiz bilan profilaktik seminarlar oʻtkazilmoqda
Фото: Olympic.uz

Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan terma jamoalarimiz uchun profilaktik seminarlar tashkil etilmoqda.

Unda agentlik mutaxassislari musobaqaga tayyorlanayotgan sportchilarimiz bilan uchrashib, antidoping qoidalari, taqiqlangan moddalar va usullar roʻyxati, doping nazorati jarayonlari hamda sportchilarning huquq va majburiyatlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar bermoqda.

Seminarlar davomida xalqaro antidoping talablariga qatʼiy rioya etish, har bir sportchining shaxsiy masʼuliyatini oshirish, shuningdek, musobaqalarda noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ham berib borilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting