locale OZ

Osiyo o‘yinlari. Hilola Sobirova kumush medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchi aralash jang san’atlarida -60 kg vazn toifasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo o‘yinlari. Hilola Sobirova kumush medalni qo‘lga kiritdi
photo: MOQ

Osiyo o‘yinlari. Hilola Sobirova kumush medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchi aralash jang san’atlarida -60 kg vazn toifasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Aralash jang san’atlari bo‘yicha Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi navbatdagi medalni qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida an’anaviy yo‘nalishda -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Hilola Sobirova musobaqani kumush medal bilan yakunladi. Hamyurtimiz final bahsida singapurlik Xun Teoga qarshi jang qildi.

Hal qiluvchi bahsda Sobirova raqibasiga mag‘lub bo‘ldi va Osiyo o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa O‘zbekiston vakili mazkur yo‘nalishda kumush medal sohibiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari doirasida O‘zbekiston sportchilari turli sport turlarida medallar uchun kurash olib bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting