locale OZ

Osiyo kubogi-2026 musobaqasining 13 ishtirokchisi aniqlandi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi ham final bosqichiga yo‘l oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo kubogi-2026 musobaqasining 13 ishtirokchisi aniqlandi
Фото: Ўзбекистон футзали

Kecha qit'amizning yettita mamlakati sport majmualarida futzal bo‘yicha Osiyo kubogi-2026 saralash bahslari nihoyasiga etdi. Kelasi yilning yanvar – fevral oylarida Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan qit'a chempionatining 16 ishtirokchisidan 13 tasining nomi ma'lum bo‘ldi.

Final bosqichiga hech bir jamoa tasodifan yo‘llanma olgani yo‘q. Oldindan kutilgan va bashorat qilingan jamoalarni biz Osiyo kubogi-2026 musobaqasida ko‘ramiz. To‘g‘ri, saralash guruh bosqichining ayrim uchrashuvlarida kutilmagan natijalar qayd etildi. Biroq bu yakuniy natijaga – yo‘llanma taqsimotiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmadi. Faqatgina E guruhi mezbonlari – Xitoy terma jamoasining o‘z uyida uchinchi o‘rinni egallab, final bosqichiga chiqa olmaganini qayd etish mumkin. Shunga qaramay, ushbu guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar (Vyetnam va Livan) ko‘p yillardan buyon Osiyoda yetakchi pog‘onalarda kelayotganini tan olish kerak.

Saralash guruhlarida Avstraliya, Tailand, Yaponiya, Vyetnam, Qirg‘iziston, Eron hamda Afg‘oniston terma jamoalari birinchi o‘rinni egallashdi. Shuningdek, guruhlarda ikkinchi pog‘onadan joy olgan — Quvayt, Janubiy Koreya, O‘zbekiston, Tojikiston, Livan hamda Malayziya terma jamoalari ham final bosqichiga yo‘llanmani rasmiylashtirishdi. Bularga qo‘shimcha ravishda musobaqa mezbonlari – Indoneziya (saralash o‘yinlaridan ozod qilingan) va "D" guruhi (oktyabr oyida bo‘lib o‘tadi) g‘olibi hamda ikkinchi o‘rin sohiblaridan yana bir jamoa qo‘shiladi. So‘nggi ishtirokchi Myanma yoki "D" guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, XVIII Osiyo kubogi final bosqichi 2026-yilning 27-yanvar – 7-fevral kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting