locale OZ

Osiyo chempionatining jamoaviy bahslariga qur’a tashlandi. O‘zbekiston 1/4 finaldan boshlaydi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo chempionatining jamoaviy bahslariga qur’a tashlandi. O‘zbekiston 1/4 finaldan boshlaydi
PHOTO: Telegram

Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining yakkalik bahslari yakuniga yetdi.

Ertaga qit’a birinchiligining aralash jamoaviy musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda 11 davlat terma jamoalari g‘oliblik yo‘lida bahslarga kirishishadi. O‘zbekiston terma jamoasi qur’a natijasiga ko‘ra o‘z ishtirokini 1/4 finaldan boshlaydigan bo‘ldi.

Birinchi bosqichdan o‘rin olgan Turkmaniston - Tojikiston uchrashuvi g‘olibi terma jamoamizga qarshi bahs olib boradi. Hammasi biz o‘ylaganchalik bo‘lgan taqdirda Yaponiya bilan finalda to‘qnash kelamiz. Shunday bo‘lsin deb niyat qilamiz. Olg`a, O`zbekiston!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting