locale OZ

Osiyo chempionatida birinchilikni qo‘lga kiritgan dzyudochilarimiz munosib kutib olindi

Osiyo chempionatida 14 ta medal qo‘lga kiritildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo chempionatida birinchilikni qo‘lga kiritgan dzyudochilarimiz munosib kutib olindi
Фото: Спорт вазирлиги

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli chempionat doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etib, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 8 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza, jami 14 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Bugun Toshkent xalqaro aeroportida sportchilar tantanali kutib olindi.

Tadbirda Sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, dzyudo federatsiyasi rahbariyati, OAV vakillari hamda sportchilarning yaqinlari ishtirok etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting