Osiyo chempionati - 2025. Shahzod Nurmatov ilk medalni qo'lga kiritdi va boshqa sportchilardan medallar
Akademik eshkak eshish bo’yicha Osiyo chempionatining ilk medalini Shahzod Nurmatovdan qabul qildik!
LM1x Shahzod Nurmatov - kumush
1 Gonkong
2 O’zbekiston
3 Qozog’iston
Ikki dugonalardan esa oltin medal!!!
W2x Malika Tagmatova/Anna Prakaten - oltin
1 O’zbekiston
2 Vyetnam
3 Eron
Eslatib o’tamiz, 2024-yil Samarqanddagi Osiyo chempionatida qizlarimiz kumush medalini qo’lga kiritishgan edi.

Ikki opa-singillardan navbatdagi medal terma jamoamiz hisobiga qo’shib qo’yildi!!!
W2- Rayhona Sattorova/Aydana Smetullayeva - kumush
1 Vyetnam
2 O’zbekiston
3 Gonkong
Eslatib o’tamiz, joriy yilda U23 jahon chempionatida qizlarimiz kumush medalini qo’lga kiritishgan edi.

4 kishilik ekipajimiz yigitlaridan kumush medalni qabul qilamiz!!!
M4x Boburjon Muhiddinov, Jamalbek Turgunov, Mexrojbek Mamatkulov, Shahboz Xolmurzayev - kumush
1 Hindiston
2 O’zbekiston
3 Vyetnam

2 kishilik ekipajimiz a’zolaridan yana bir kumush medal!!!
LM2x Sobirjon Safaroliyev/Ozodjon Mamatov - kumush
1 Hindiston
2 O’zbekiston
3 Eron

Osiyoda tengsiz o’zbek farzandlari!!!
M8+ Shehroz Hakimov, Shuhrat Shodiyev, Obidjon Jo‘raqulov, Shahriyor Hamdamov, Fazliddin Karimov, Dilshodjon Hudoyberdiyev, Davrjon Davronov, Alisher Turdiyev, Farruh Oblaqulov - oltin
Osiyo chempionati 2024 da ham Osiyo chempionati 2025 da ham oltin!!!
