Osiyo bronzasi: Klassik kurashchilarimiz kuchli uchlikda
U20 Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi 6 medal bilan umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan U20 Osiyo chempionatida yunon-rum kurashi bahslari davom etmoqda. Musobaqaning navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Oltin:
• 72 kg: Ahmad Qodirov
Kumush:
• 67 kg: Fayozbek Eshmirzayev
• 82 kg: Azimjon Soatullayev
Bronza:
• 60 kg: Xurshidbek Normuhammedov
Shunday qilib, klassik kurashchilarimiz jami 6 medal (1 oltin, 3 kumush, 2 bronza) bilan umumjamoa hisobida Eron va Qirg‘izistondan so‘ng uchinchi o‘rinni egalladi.
Bakradze Iman
Redaktor