locale OZ

Olti nafar dzyudochimiz Hungary Grand Slam 2026 turnirida ishtirok etadi

O‘zbekiston terma jamoasi Vengriya poytaxti Budapesht shahriga jo‘nab ketdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olti nafar dzyudochimiz Hungary Grand Slam 2026 turnirida ishtirok etadi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Olti nafar dzyudochimiz Hungary Grand Slam 2026 turnirida ishtirok etadi

O‘zbekiston terma jamoasi Vengriya poytaxti Budapesht shahriga jo‘nab ketdi.

11-13 sentyabr kunlari u yerda "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi navbatdagi nufuzli musobaqa bo‘lib o‘tadi. Hungary Grand Slam 2026 turnirida O‘zbekiston terma jamoasining olti nafar vakili tatamiga chiqadi.

Budapesht turnirida dunyoning 70 davlatidan jami 531 (325 erkak, 206 ayol) nafar dzyudochi medallar uchun bahs olib boradi.

Hungary Grand Slam 2026 uchun tarkibimiz:
-60 kg: Doston Ro‘ziyev
-73 kg: Elbek Tojiyev
-81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev

Qizlar
-48 kg: Sevinch Murodova
-52 kg: Muhayyo Axmatova
-78 kg: Marjona Ko‘chimova

Murabbiylar - Iskandar Rasulov, Aziz Tashmatov

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting