locale OZ

Olimpiya shaharchasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olimpiya shaharchasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
Фото: OlympicUz

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda amalga oshirilayotgan yirik bunyodkorlik loyihalaridan biri – Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, u yerda barpo etilgan zamonaviy sport inshootlari bilan tanishdi.

Bugun esa davlat rahbari tomonidan mazkur tashrif doirasida berilgan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov rahbarligida o‘tkazilib, unda Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, sport federatsiyalari mutasaddilari, majmua qurilishiga mas’ul Xitoyning “SAMSE” kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

Suhbatda o‘zbek sportini yangi bosqichga olib chiqishda Olimpiya shaharchasi imkoniyatlaridan unumli foydalanish, nufuzli xalqaro musobaqalarni tashkil etish, shuningdek, Aichi–Nagoya–2026 yozgi Osiyo va Los-Anjeles–2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida terma jamoalarimiz uchun yetakchi davlatlar ishtirokida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, shaharchaga ko‘chiriladigan tashkilotlarning joylashuvi kabi masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, sport infratuzilmasini to‘liq ishga solish va terma jamoalar tayyorgarligini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting