locale OZ

Olimpiya shaharchasi hududida umumxalq hashari o‘tkazildi

Sport federatsiyalari xodimlari ishtirokida hashar o‘tkazilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olimpiya shaharchasi hududida umumxalq hashari o‘tkazildi
Фото: Спорт вазирлиги

Xabaringiz bor 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab keng ko‘lamli umumxalq hashari bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi hashar tadbirlari "Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!" shiori ostida tashkil etilmoqda.

Ayni vaqtda Olimpiya shaharchasi hududida ham Sport vazirligi va tizim tashkilotlari hamda Sport federatsiyalari xodimlari ishtirokida hashar o‘tkazilmoqda.

Xodimlar uyushqoqlik bilan shaharcha hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirishmoqda.

Umumxalq hasharlari hududlarni obod qilish bilan birga, jamoada hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlaydi, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting