locale OZ

Olimpiya shaharchasi bo'ylab press-tur tashkil etildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olimpiya shaharchasi bo'ylab press-tur tashkil etildi
Фото: Olympic.uz

Milliy Olimpiya qo‘mitasi va Sport vazirligi hamkorligida Olimpiya shaharchasiga press-tur o‘tkazildi.

Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari sportchilarimiz uchun bunyod etilgan zamonaviy inshootlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shaharchadagi har bir obyekt haqida mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumot berilib, ularda qo‘llanilgan ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy qoplamalar va jahon standartlariga mos qurilish ishlari haqida so‘z yuritildi.

Mazkur press-tur o‘zbek sportining bugungi imkoniyatlari va qaydirdir ma’noda kuchini ko‘rsatib, sportchilarimiz uchun yaratilgan sharoitlarning yuqori darajasini namoyon etdi.

Majmuadagi asosiy obyektlar haqida ma’lumotlar:
Asosiy stadion. Muxlislar sig‘imi: 12 152 kishi.
Velodrom. Muxlislar sig‘imi: 2 187 kishi.
Suv sporti turlari kompleksi. Muxlislar sig‘imi: 2 222 kishi.
Jamoaviy sport turlari kompleksi. Muxlislar sig‘imi: 2 016 kishi.
Yakkakurash sport turlari majmuasi. Muxlislar sig‘imi: 2 067 kishi.

Shuningdek, majmuada velosportning BMX yo‘nalishi, chim ustida xokkey, 3x3 basketbol, tennis kabi sport turlari uchun ham maydonlar qurilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting