Olimpiada chempioni qizalog‘iga Ziyora deb ism qo‘ydi
Diyora Keldiyorova ona bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram
21 avgust kuni sportchi Diyora Keldiyorova ona bo‘ldi. Xushxabarni dastlab uning turmush o‘rtog‘i Instagram orqali tasdiqladi, oradan ko‘p o‘tmay, sportchi qizaloqqa Ziyora deb ism qo‘yilganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda u chiroyli videorolik e’lon qilib: «Uyingga xush kelding, mening sevgim» deb yozdi va cheksiz baxt hissi tuyayotganini bildirgan.
Yangi xabar internetda tez tarqaldi va yuzlab tabriklar yomg‘iriga sabab bo‘ldi. Muxlislar Ziyаraning tug‘ilishi Diyoraning hayotidagi yana bir muhim yutuq — bu safar sport tatamisi emas, balki oilaviy baxt ekanini ta’kidlashdi.
Bakradze Iman
Redaktor