OKMK Aleksandr Petrov bilan xayrlashdi
U salkam 12 yil davomida Olmaliq futzalida samarali faoliyat olib bordi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: ОКМК
OKMK futzal jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilindi.
Aleksandr Petrov 2014-yildan boshlab to 2026-yilga qadar – salkam 12 yil davomida Olmaliq futzalida samarali faoliyat olib bordi.
Unga ko‘ra, Aleksandr Petrov boshqaruvida jamoa 5 karra O‘zbekiston chempioni, 3 karra kumush medali va 1 bor bronza medali sovrindori, shuningdek, 4 karra O‘zbekiston Kubogi sohibi hamda 3 karra O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist