locale OZ

Ogʻir atletikachilarimiz qitʼa birinchiligini bronza medali bilan boshlashdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ogʻir atletikachilarimiz qitʼa birinchiligini bronza medali bilan boshlashdi
FОТО: Olympic.uz

Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Xitoyda oʻtayotgan Osiyo chempionatida dastlabki medalga sazovor boʻldi.

-67 kg vazn toifasida ishtirok etgan Husinboy Matrasulov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Hamyurtimiz dast koʻtarish mashqida 140 kg bilan uchinchi natijani qayd etdi.

Afsuski, siltab koʻtarish (165 kg) va ikki kurash (305 kg) boʻyicha unga biroz omad yetishmadi va atletimiz umumiy hisobda toʻrtinchi boʻlib musobaqani yakunladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting