Ogʻir atletikachilarimiz Qatardagi turnirda ikkinchi boʻlishdi
Hamyurtlarimiz bugun poytaxtimizga qaytib kelishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Qatarning Doha shahrida ogʻir atletika boʻyicha “10th Qatar Weightlifting Cup” xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi.
Dunyoning qariyb 30 mamlakatidan kuchli atletlar jam bo‘lgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqa davomida terma jamoamiz vakillari 4 ta oltin, 15 ta kumush va 5 ta bronza jami 24 ta medal qo‘lga kiritib, ochkolar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi.
Hamyurtlarimiz bugun poytaxtimizga qaytib kelishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist