Ogʻir atletikachilarimiz Osiyo chempionatini 12 ta medal bilan yakunlashdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FОТО: Olympic.uz
Xitoyning Jiangshan shahrida ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati oʻz yakunida yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida eng ogʻir vazn toifalaridagi bellashuvlar tashkil etildi.
+109 kg vazn toifasida kechgan bahslarda hamyurtimiz Amir Abdullayev dast koʻtarish mashqida 182 kg natija qayd etib, bronza medaliga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, terma jamoamizning mazkur musobaqada jamgʻargan medallari 3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi. Ahamiyatlisi, ushbu natija bilan atletlarimiz umumjamoa hisobida toʻrtinchi oʻrinni egallashdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist