locale OZ

Og'ir atletika. Yoshlarimiz ham Chirchiqda reja asosida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

Yoshlar terma jamoasini joriy yilda bir qator muhim xalqaro musobaqalar kutmoqda. Xususan, 2–8-may kunlari Misrning Ismoiliya shahrida yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. Yoshlarimiz  ham Chirchiqda reja asosida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda
photo: Og'ir atletika

Bahrom Abdumalikov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari ayni kunlarda Chirchiq shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Reja asosida tashkil etilgan ushbu mashg‘ulotlar jarayonida sportchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yoshlar terma jamoasini joriy yilda bir qator muhim xalqaro musobaqalar kutmoqda. Xususan, 2–8-may kunlari Misrning Ismoiliya shahrida yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 7-avgustdan 14-avgustgacha poytaxtimiz Toshkent shahri yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Ayni paytda olib borilayotgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari mazkur nufuzli musobaqalar oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, yoshlarimizning xalqaro maydondagi munosib ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting