locale OZ

Og'ir atletika. Yevropa chempionati–2026: ikkinchi kun g‘oliblari aniqlandi, Batumida yana bir yangi rekord qayd etildi

Gruziyaning Batumi shahrida o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi kuni ham ortda qoldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. Yevropa chempionati–2026: ikkinchi kun g‘oliblari aniqlandi, Batumida yana bir yangi rekord qayd etildi
photo: Og'ir atletika

Gruziyaning Batumi shahrida o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi kuni ham ortda qoldi. Musobaqaning ushbu kunida erkaklar o‘rtasida -60 kg va -65 kg, ayollar o‘rtasida esa -58 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

-60 kg vazn toifasi natijalari:

1-o'rin. Angel Rusev (Bolgariya) — 275 kg (155+120)
2-o'rin. Garik Cholakyan (Armaniston) — 274 kg (150+124)
3-o'rin. Yigit Erdogan (Turkiya) — 269 kg (148+121)

-65 kg vazn toifasi natijalari:

1-o'rin. Muhammed Ozbek (Turkiya) — 323 kg (180+143)
2-o'rin. Ivan Dimov (Bolgariya) — 317 kg (172+145)
3-o'rin. Ferdi Hardal (Turkiya) — 293 kg (158+135)

Kutilganidek, -65 kg vazn toifasida amaldagi jahon chempioni, Turkiya vakili Muhammed Ozbek Furkan siltab ko‘tarishdagi yuqori natijasi evaziga umumiy hisobda navbatdagi Yevropa chempionligi oltin medalini qo‘lga kiritdi. U siltab ko‘tarishda 180 kg natija qayd etib, yangi Yevropa rekordini o‘rnatdi.

-58 kg vazn toifasi natijalari:

1-o'rin. Kamila Konotop (Ukraina) — 221 kg (121+100)
2-o'rin. Aleksandra Grigoryan (Armaniston) — 210 kg (119+91)
3-o'rin. Olga Te (AIN) — 209 kg (116+93)

Umumiy hisobda medallar jamg‘arish bo‘yicha Bolgariya 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. Ukraina terma jamoasi esa 1 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. 1 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Turkiya esa kuchli uchlikni yakunlagan. Musobaqalar davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting