locale OZ

Og'ir atletika. Terma jamoamiz a’zolari yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda

Ushbu yig‘in 1–10 aprel kunlari Hindistonning Ahmadobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati oldidan tayyorgarlikning dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. Terma jamoamiz a’zolari yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda
photo: Og'ir atletika

Ayni kunlarda O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari a’zolari Chirchiq shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. Ta’tildan so‘ng sportchilarning jismoniy holatini tiklash, umumiy tayyorgarlik darajasini oshirish va funksional imkoniyatlarini qayta shakllantirish mashg‘ulotlarning asosiy yo‘nalishini tashkil etmoqda.

Terma jamoa a’zolari kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot olib borib, yangi mavsumga puxta hozirlik ko‘rmoqda. Ushbu yig‘in 1–10 aprel kunlari Hindistonning Ahmadobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati oldidan tayyorgarlikning dastlabki bosqichi hisoblanadi.

Milliy terma jamoamizning mas’uliyatli musobaqaga tayyorgarlik jarayoni belgilangan reja asosida izchil davom etmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting