locale OZ

Og'ir atletika. O‘zbekiston chempionatining dastlabki kuni yakunlandi

Qarshi shahrida o‘tkazilayotgan o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining birinchi kuni muvaffaqiyatli yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika.  O‘zbekiston chempionatining dastlabki kuni yakunlandi
photo: Og'ir atletika

Qarshi shahrida o‘tkazilayotgan o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining birinchi kuni muvaffaqiyatli yakunlandi.

Musobaqaning dastlabki kunida kichik o‘smir qizlar o‘rtasida -36 kg va -44 kg, shuningdek kichik o‘smir yigitlar o‘rtasida -40 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi. Bellashuvlar raqobat va kurashlarga boy tarzda o‘tdi.

Kunning ikkinchi yarmida chempionatning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Vahob Ro‘ziyev, Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Abdulatif Rahimov, sportchi yoshlar hamda federatsiya mutasaddi vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar barcha sportchilarga omad tilab, bunday musobaqalar yosh avlodni sportga keng jalb etish va ularning mahoratini oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.

Shuningdek, ushbu chempionat joriy yil avgust oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati hamda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalari uchun muhim saralash bosqichi hisoblanishi qayd etildi.

Mutaxassislar mamlakatimizda og‘ir atletika sporti izchil rivojlanib borayotganini, ayniqsa so‘nggi yillarda qizlar ishtirokining sezilarli darajada ortib borayotganini alohida e’tirof etishdi.

Kun yakunida o‘z vazn toifalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting